» » Misr fir’avni fanga ma’lum ulkan odamlar ichida eng qadimiysi bo‘lib chiqdi

Misr fir’avni fanga ma’lum ulkan odamlar ichida eng qadimiysi bo‘lib chiqdi


Sanaxt qadimiy Misrdagi III sulolaning “uch yoki to‘rtinchi” fir’avni bo‘lgan va uning shaxsiyati haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Endilikda arxeologlar u fanga ma’lum eng qadimgi “ulkan odam” ekanligiga ishonishlariga asos bor, deb xabar berdi “Nauka”.

Skandinaviyadan tortib to qadimga Gretsiya afsona va asotirlarida ulkan odamlar, titanlar haqida ko‘plab so‘z boradi. Biroq barcha ulkan odamlar haqidagi gap-so‘zlar shunchaki to‘qima emas. Jadal o‘sish — organizmda bo‘y o‘sishiga ta’sir qiluvchi garmon ko‘p miqdorda ishlab chiqarganida sodir bo‘ladi va u gigantizm deyiladi. Bu asosan bosh miyadagi gipofiz bezining atrofida joylashgan o‘simta sabab sodir bo‘ladi, deya ma’lum qildi Live Science.

Olimlar Misrning Beyt-Xallaf yaqinidagi xilxonadan 1901-yilda topilgan mumiyani tadqiq qilishdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, xilxonaga dafn qilinganlar eramizdan 2700 yillar oldin hukmronlik qilgan Mirsning uchinchi sulolasiga tegishli.

Qoldiqlar fir’avn Sanaxtuga tegishli. Uning bo‘yi o‘sha vaqtda 198 santimetni tashkil etgan, misrliklarning o‘rtacha bo‘yi esa u vaqtlarda 170 santimetrga arang yetgan.

Qadimgi Misr fir’avnlari o‘z qo‘li ostidagi mulozimlaridan ko‘ra yaxshiroq ovqatlangan va sog‘lom bo‘lgan, shu sababli ularning bo‘yi baland bo‘lgani ajablanarli emas. Shunga qaramay Sanaxt Ramzes II dan (175 santimetr) ancha baland.

Sanaxtaning bosh chanog‘i hamda suyaklarini tekshiruvdan o‘tgazgan olimlar, fir’avn gigantizmdan azob chekkanini aniqlashdi. Sanaxt kutilmaganda fanga ma’lum ulkan odamlar ichidan eng qadimiysiga aylandi va olimlarga kasallikning evolyutsiyasini o‘rganishi uchun ishora ko‘rsatdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют