» » Chilonzorda 3 gramm marixuanani pullamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Chilonzorda 3 gramm marixuanani pullamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi


2017-yilning 5-avgust kuni, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Chilonzor tumani hududida o‘tkazilgan “Qora Dori-2017” tadbiri davomida fuqaro Jamshid Aripov og‘irligi 3,02 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalarini ozginadan ko‘proq miqdorda o‘tkazish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют