» » O‘zbekistondagi 15 ta oliy ta’lim muassasasida pedagogika yo‘nalishida sirtqi bo‘limlar ochiladi

O‘zbekistondagi 15 ta oliy ta’lim muassasasida pedagogika yo‘nalishida sirtqi bo‘limlar ochiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 9-avgustda “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deya ma’lum qildi Prezidentning rasmiy veb-sayti.

Pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga ushbu ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berildi.

Pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berish sirtqi ta’lim shaklida tashkil etiladi, bunda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish bakalavriat ta’lim yo‘nalishining
2-kursidan (o‘quv rejalardagi fanlar farqidan qat’i nazar) kamida 3 yil muddat etib belgilanadi.

2017/2018-o‘quv yili uchun maxsus sirtqi va sirtqi ta’limlarda o‘quv jarayoni istisno tariqasida joriy yilning 1-oktyabridan boshlanishi belgilab qo‘yildi.

Pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati:

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 16:42)
+1 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют