» » Olivye Shav Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi bo‘ldi

Olivye Shav Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi bo‘ldi


2017-yilning 9-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Shveysariya Konfederatsiyasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Olivye Shavni qabul qildi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston—Shveysariya hamkorligining hozirgi holati, uni yanada mustahkamlashning istiqbollari, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi.

Uchrashuvda turli darajalarda ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish amaliyotini davom ettirish, o‘zaro savdoni oshirish, investitsion va moliyaviy hamkorlik hamda madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishdan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi.

Muzokaralarda Shveysariyaning qonunchilik va boshqa masalalardagi tajribasini 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning bechta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish davomida qo‘llash istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют