» » Toshkent rasmiylari yog‘ingarchilik paytida shahar ko‘chalari nega suv ostida qolishini tushuntirib berdi

Toshkent rasmiylari yog‘ingarchilik paytida shahar ko‘chalari nega suv ostida qolishini tushuntirib berdi


Toshkentda yomg‘irlar chog‘ida yog‘ingarchilik kanalizatsiyasi yomon ishlashiga sabab — tarnovlarga sellofan paketlarining tiqilib qolgani hamda yer osti quvurlarining kamligi. Bu haqda obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Saidumar Aglayev poytaxt hokimiyatida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi Uz24.

Uning qayd qilib o‘tishicha, shaharliklar ko‘chaga tashlab ketadigan sellofan paketlari yog‘ingarchilik kanalizatsiyasi tizimini ifloslantirmoqda.

Quvurlar kamligi muammosini hal qilish uchun ma’muriyat 917 million so‘m ajratdi. Bu pulga muammoli hududlarda qo‘shimcha quvurlar yaratiladi. Yaqin vaqt ichida Navoiy shohko‘chasida shunday ishlar olib boriladi.

Obodonlashtirish boshqarmasi rahbari Abduvohid Karimovning qo‘shimcha qilishicha, qurilish ishlari shu yilning oktabr oyida yakunlanadi.

Toshkent ko‘chalari odatda kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng suv ostida qolib ketishi aholi orasida jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

2015-yil 11-fevralida hukumat Toshkent irrigatsiya-drenaj tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha qaror qabul qildi. 2015–2017-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar normativ-huquqiy bazani yaxshilashni, yog‘ingarchilikni bartaraf qilish tizimini tiklash va takomillashtirishni, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar moliyaviy barqarorligini oshirishni nazarda tutadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют