» » Argentinada dunyodagi eng katta dinozavr qoldiqlari topib o‘rganildi

Argentinada dunyodagi eng katta dinozavr qoldiqlari topib o‘rganildi


2012-yili Argentinada dunyodagi eng katta dinozavr qoldiqlari topilgan edi. Olimlar qoldiqlarni sinchiklab o‘rganib chiqib, tadqiqot natijalarini Proceedings of the Royal Society B jurnalida e’lon qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Maqolada aytilishicha, 100 million yil avval yashagan o‘txo‘r Patagotitan mayorum dinozavrining vazni 70 tonna, uzunligi 37 metr, balandligi 6 metr bo‘lgan.

Suyak tahlillari o‘rganilgan individlar hali maksimal darajada o‘smaganini ko‘rsatdi. Tadqiqotchilar ushbu dinozavrlar tashnalikdan halok bo‘lganini taxmin qilmoqda. Dinozavrlar suv havzalari oldida to‘plangan, ammo qurg‘oqchilik yillarida suv bo‘lmagani bois ular halok bo‘lgan, qoldiqlari esa sohilda qolgan. O‘laksaxo‘r dinozavrlar esa ularning qoldiqlarini iste’mol qilish paytida suyaklarini bosib, yerga kirgizib yuborgan, buning natijasida suyaklar ancha yaxshi saqlangan.

Patagotitan mayorum, Argentinadan topilgan boshqa bir qator turlar singari, titanozavrlar guruhiga mansubdir. Yura va bo‘r asrida titanozavrlar Yerning Antarktidadan boshqa barcha qit’atalarida yashagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-08-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют