» » Ahmadboyga qarshi to‘rt modda bo‘yicha ayblovlar ilgari surilmoqda

Ahmadboyga qarshi to‘rt modda bo‘yicha ayblovlar ilgari surilmoqda


Jinoiy ishlar bo‘yicha Toshkent viloyat sudida 9-avgust kuni Ahmadboy nomi bilan mashhur Ahmadjon Tursunboyev hamda uning olti nafar sherigi gumondor sifatida ko‘rilayotgan ish bo‘yicha sud eshituvlari bo‘lib o‘tda. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.

Yig‘ilishda Tursunboyev ta’sis etgan “Chinoz halol chorva” va “Chinoz avto hamkor” firmalari faoliyatidan zarar ko‘rgan 11 jabrlanuvchining ko‘rsatmalari tinglandi.

Unga qarshi Jinoyat kodeksining to‘rt moddasi bo‘yicha ayblovlar ilgari surildi: 177-moddaning (valyuta qimmatliklarining noqonuniy xarid qilinishi yoki sotilishi) “a”, “b” bandlari, 188-modda (Davlat ro‘yxatidan o‘tmay tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, o‘ta yirik miqdorda nazoratsiz daromad olish), 189-modda (Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddaning (Litsenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanish) “a”, “v” bandlari.

Ahmadjon Tursunboyev 2016-yil iyulida Chinoz tumanida qo‘lga olingan edi. Tintuv chog‘ida uning uyidan 13,1 milliard so‘m va 7,9 million dollar naqd pul topilgan edi. Uning garajida Escalade, BMW, Lexus mashinalari saqlanishi aniqlandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-08-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют