» » Uy sharoitida choynakning ichi qasmoqdan qanday tozalanadi?

Uy sharoitida choynakning ichi qasmoqdan qanday tozalanadi?


O‘z oiladagilarining sog‘lig‘i haqida qayg‘uradigan har bir kishini suv qaynatiladigan choynakni qanday qilib uning devorlariga o‘tirib qolgan qatlam – qasmoqdan tozalash kerak degan savol qiziqtiradi.

Shuni esingizda tutingki, qasmoqni tozalashda qanday usuldan foydalansangiz ham, undan keyin choynakni yaxshilab yuvib tashlang, yuvish vositasining qoldiqlari batamom ketishi uchun uning ichida 2-3 marta suvni qaynating va to‘king.

Limon kislotasi – oddiy choynaklarni ham, elektr choynaklarni ham tozalashda ishlatish mumkin bo‘lgan eng qulay vosita hisoblanadi.

1 choy qoshiq limon kislotasini 1 litr suvga aralashtiring. Aralashmani choynak ichiga quying va uni qaynating.

Agar choynakni tez-tez, ya’ni har oyda bir marta tozalab tursangiz, qaynatmasangiz ham bo‘ladi.

Buning uchun uning ichiga limon kislotali aralashmani quying va bir necha soat davomida qoldiring, keyin esa yuvib tashlang.

Bu usul oddiy metall yoki emallangan choynaklar uchun mos keladi. Choynakka suv soling, bir osh qoshiq soda seping va past olovda 30 daqiqa davomida qaynating. Keyin choynakni yaxshilab yuving va uning ichida bir necha marta toza suvni qaynatib to‘king.

Sirka elektr choynaklarini tozalash uchun to‘g‘ri kelmasligini e’tiborga oling. Oddiy choynaklarni esa uning yordamida oson tozalash mumkin.

100 ml 9 foizli iste’mol sirkasini 1 litr suvga aralashtiring. Choynak ichiga quying, o‘rtacha olovda 5-15 daqiqa davomida qaynating. Keyin choynakni yaxshilab yuving.

Manba: “Xitrosti jizni”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют