» » Ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ilhom” jamoat fondi tashkil etildi

Ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Ilhom” jamoat fondi tashkil etildi


Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash ‘Ilhom’ jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matnini “O‘zbekiston 24” telekanali keltirdi.

Hujjatga ko‘ra, fondning asosiy vazifalari quyidagilardir:

O‘zbekistonda madaniyat, san’at va jurnalistikani rivojlantirish uchun mablag‘ ajratish va yo‘naltirish, bu borada tegishli dastur va loyihalarni amalga oshirish;

O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi, Rassomlar ijodiy birlashmasi, Teatr arboblari uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasini moddiy ta’minlash va ularning faoliyati bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni moliyalashtirish, mazkur uyushmalar a’zolari bo‘lgan va sohani rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan faxriylarga manzilli moddiy yordam ko‘rsatish;

Fond tomonidan moliyalashtiriladigan muassasalarning moddiy-texnik bazasini izchil mustahkamlab borish, uning tasarrufidagi mulkni boshqarish, Fond ustavida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish.

Fondning homiylik kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan ijrochi direktor rahbarlik qiladigan ijroiya direksiya fondning ijro organi hisoblanadi.

Bundan tashqari, “Mahalla” xayriya jamoat fondining “Ilhom” jamoat fondi hisob raqamiga 7 milliard so‘mni xayriya asosida o‘tkazish to‘g‘risida, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sudning fondga noqonuniy yo‘l bilan topilgan va musodara etilgan daromadlar hisobidan 13 milliard so‘m yo‘naltirish to‘g‘risidagi tashabbuslari ma’qullandi.

Fond va u moliyalashtiradigan muassasalar 2022-yil 1-yanvarga qadar barcha soliqlar, shuningdek, davlat maqsadli fondlariga majburiy to‘lovlardan ozod qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Soyliq qishlog‘i manzili bo‘yicha joylashgan “Oqtosh” ijod uyi fond tomonidan moliyalashtiriladigan ijodiy uyushmalar va birlashmalar a’zolarining to‘laqonli dam olishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida fond boshqaruviga o‘tkaziladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют