» » Yunusobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi ishga taklif qiladi

Yunusobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi ishga taklif qiladi


Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga turib istiqomat qiluvchi, 30 yoshdan oshmagan, bo‘yi 170 santimetrdan past bo‘lmagan, Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, Qurolli kuchlar safida muddatli bir oylik yoki oliy o‘quv yurtining harbiy kafedrasida tahsil olgan, ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga qabul qilinadi. Bu haqda Yunusobod tumani IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Nomzod, Ichki ishlar vazirligining amaldagi me’yoriy buyruq talablari asosida boshlang‘ich suhbatdan o‘tishi, sinovlarni (diktant, psixologik test va sport) topshirishi, belgilangan hujjatlarini yig‘ishi, harbiy-tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, mutaxassisligi bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda amaliyotni o‘tashi hamda yakuniy test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib, ichki ishlar organlariga qabul qilinganligi haqida buyruq chiqquniga qadar 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi shart.

Ichki ishlar organlariga ishga kirishi istagini bildirgan nomzodlar oliy o‘quv yurtini tugatganidan so‘ng, hujjatlarini rasmiylashtirish boshlanguniga qadar kamida 6 oy muddat davomida foydali mehnat bilan shug‘ullanayotgan va ma’lum bir lavozimga tayinlangan bo‘lishi shart (Oliy o‘quv yurtini 2017- yilda bitirganlar bundan mustasno).

Murojaat uchun manzil: Yunusobod tumani, Yangi tarnov ko‘chasi 42/12-uy, Yunusobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi.
Telefon: 230-30-81; 2350002; 2376646; +99893 375-88-99.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-08-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют