» » Amerika kompaniyasi o‘zi omborda qoldirib ketgan 56 ming tonna televizorni utilizatsiya qilish uchun 14 mln dollar to‘laydi

Amerika kompaniyasi o‘zi omborda qoldirib ketgan 56 ming tonna televizorni utilizatsiya qilish uchun 14 mln dollar to‘laydi


AQShda Closed Loop kompaniyasiga Ogayo shtati Kolumbus shahridagi omborni tozlash uchun 14 million dollardan ortiq mablag‘ to‘lash majburiyatini yukladi, deb yozadi TJournal.

2010-yildan buyon kineskopli televizorlarni ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri omborxonada qariyb 56 ming tonna modelni qoldirgan, ularning narxi 18 million dollarga baholanmoqda.

2016-yilda Closed Loop biznesdan chiqdi, ammo o‘z axlatini qoldirib ketdi. 8-avgust kuni Franklin okrugi sudi kompaniyaga omborni eski televizorlardan qolgan axlat, shisha, plastmassa va kineskoplardan utilizatsiya qilish uchun 14 million dollar to‘lashni yukladi.

Kineskoplarida bariy yoki qo‘rg‘oshin kabi zaharli kimyoviy moddalar bo‘lgani sababli, eski televizorlarni shunchaki axlattepaga tashlab yuborib bo‘lmaydi. Shu tufayli Closed Loop utilizatsiyaga ko‘p pul xarjlashni istamagan va ularni shunchaki omborxonada qoldirgan.

1980-yildan buyon AQShda to‘g‘ri utilizatsiya qilinishi kerak bo‘lgan 705 millionta televizor sotilgan. Kineskopli televizorlardan iborat bunday axlattepalar Ogayo, Arizona, Kolorado, Nyu-York va yana bir nechta shtatlardagi omborlarda qolgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-08-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют