» » Farg‘onada voyaga yetmagan bolalarni yashirincha diniy o‘qitish holati aniqlandi

Farg‘onada voyaga yetmagan bolalarni yashirincha diniy o‘qitish holati aniqlandi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishda jamiyat hayoti va mamlakatning barqaror rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan joylardagi ma’naviy muhit sohasidagi ishlar muhokama qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, barcha hududlarda, har bir mahalla va oilada ma’naviy muhitni yaxshilash maqsadida uyma-uy yurish va bunga keng jamoatchilikni jalb etish yuzasidan yangi ish uslublari joriy etilganiga qaramay, hali kutilgan natijalarga to‘liq erishilgani yo‘q.

Farg‘ona viloyatida voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik o‘sgan. Umuman, o‘tgan 7 oy mobaynida viloyatda voyaga yetmaganlar tomonidan 129 ta jinoyat sodir etilgan. Viloyatning 10 ta shahri va tumanida voyaga yetmagan bolalarni uyda yashirincha diniy o‘qitish holatlari aniqlangan.

Davlat rahbari buning uchun Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamg‘armasi va mahallalar rahbarlari bevosita javobgar ekanligini qayd etib o‘tdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-08-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют