» » Floridada AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli qiruvchi samolyot halokatga uchradi

Floridada AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli qiruvchi samolyot halokatga uchradi


AQSh Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli F-5N qiruvchisi 9-avgust, chorshanba kuni Florida shtatining qirg‘oqlari yaqiniga qulab tushgan. Uchuvchi katapulta yordamida sakrab qolishga ulgurgan va AQSh Sohil xavfsizligi xizmati tomonidan qutqarib olingan. Bu haqda idoraning bayonotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, noxush hodisa Amerikaning Ki-Uest shahridan taxminan 40 kilometr janubi-sharqda, AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining aerodromi joylashgan hududda sodir bo‘lgan. Bayonotda aytilishicha, qiruvchining uchuvchisi suvda ekanligi haqidagi ma’lumot yetib kelishi bilan Sohil xavfsizlik xizmati uni qutqarish uchun vertolyot yuborgan. U ayni vaqtda harbiy shifoxonaga yotqizilgan, hech qanday jiddiy jarohat yetmagan.

AQSh Harbiy-dengiz kuchlari bergan xabarga ko‘ra, qiruvchi samolyot o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazayotgan vaqtda okeanga qulagan. Noxush hodisaga nima sabab bo‘lgani yuzasidan tergov boshlangan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-08-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют