» » Tuzatish: Kvota doirasida boshqa raqobatchisi bo‘lmasa ham, 68 balldan kam natijaga ega bo‘lgan abituriyent talabalikka qabul qilinmaydi

Tuzatish: Kvota doirasida boshqa raqobatchisi bo‘lmasa ham, 68 balldan kam natijaga ega bo‘lgan abituriyent talabalikka qabul qilinmaydi


Avvalroq “Xushnudbek.uz” va Xushnud Xudoyberdiyevning Facebook’dagi sahifasiga tayanib, 1-avgust imtihonlarida qayd etgan natijasidan qat’i nazar 49 nafar abituriyent davlat granti, 15 nafari esa to‘lov kontrakti asosida o‘qishga qabul qilingani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Testdagi natijasidan qat’i nazar 49 nafar abituriyent davlat grant asosida o‘qishga qabul qilindi

Xushnud Xudoyberdiyev bu xabarlarga aniqlik kiritdi. Davlat test markazining vakiliga tayanib, ma’lum qilishicha, 68 balldan (maksimal ballning 30 foizi) kam to‘plagan abituriyentlar kvota doirasida boshqa raqobatchisi bo‘lmasa ham, talabalikka qabul qilinmaydi.

Avval, ya’ni testdagi javob variantlari 5 ta bo‘lgan paytda minimum ball 56 qilib belgilangan, keyinchalik 4 ta variantli test tizimiga o‘tilgach, ushbu chiziq 68 ball qilib belgilangan.

“Bunday qoida bironta rahbariy Nizomlarda belgilanmagan. Biroq har yili Davlat komissiyasining bayonnomasi bilan shunday minimum chiziq tasdiqlanar ekan.

Eng qiziq joyi, Davlat komissiyasining qarorlari xizmat doirasida foydalanish uchun chiqariladi va hech qayerda e’lon qilinmaydi. Shu sababli ham quyidagi maqolada “necha ball olishidan qat’i nazar” deb adashgan ekanman. Buning uchun uzr so‘rayman”, — degan huquqshunos o‘z sahifasida qoldirgan postida.

Bundan kelib chiqadiki, avvalgi xabarda sanab o‘tilgan 64 nafar abituriyent talaba bo‘lganligiga ishonch hosil qilishi uchun imtihon javoblarini kutishga to‘g‘ri keladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-08-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют