» » Ichki ishlar vaziriga murojaat qilgan fuqaro o‘z ishiga qayta tiklandi

Ichki ishlar vaziriga murojaat qilgan fuqaro o‘z ishiga qayta tiklandi


Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari, Oliy Sud, Davlat bojxona va Soliq qo‘mitalari raislari uch kun davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar va tumanlarida, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida, mehnat jamoatlarida sayyor qabullar o‘tkazdi, deb xabar berdi Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.

Ushbu sayyor qabulda O‘zbekiston Ichki ishlar vaziriga murojaat qilgan fuqaro o‘z ishiga qayta tiklanishiga muvaffaq bo‘ldi.

Ko‘p yillardan buyon Ichki ishlar organida xizmat qildim. 2012-yilda bilib-bilmagan holda o‘zim boshqargan mashinani avariya qildim. Shu bois ishdan olingan edim. Vazir qabulida bo‘lib, masalani tushuntirib, ishga qayta qabul qilishni iltimos qilgandim. Murojaatim qanoatlantirilib, Ichki ishlar organiga qayta ishga olinadigan bo‘ldim. Bundan quvonchim cheksiz.

Muzaffar Saburov, ichki ishlar xizmati kapitani.

Ish bilan ta’minlash masalasida O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga murojaat qilgan Mo‘ynoq tumanida istiqomat qiluvchi Inamjan Opayev esa Majburiy ijro byurosiga ishga qabul qilingan, shuningdek, Mo‘ynoq va Tiko‘zak qishloq punktlari orasida yo‘lovchilar avtotransporti yo‘nalishini yo‘lga qo‘yishni so‘ragan fuqarolarning ham murojaati qanoatlantiriladigan bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-08-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют