» » Haddan tashqari ko‘p ishlab yubormaslik uchun nima qilish kerak? Ernest Xemingueyning siri

Haddan tashqari ko‘p ishlab yubormaslik uchun nima qilish kerak? Ernest Xemingueyning siri


Mashhur yozuvchi va adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Ernest Xemingueyning maslahati sizni mehnat hovuridan tushirib, vaqtida to‘xtashingizga yordam beradi.

Bir kuni Ernest Xeminguey unga ishlashda yordam beradigan asosiy sir bilan bo‘lishdi:

Jarayon yengil kechayotgan vaqtda doim to‘xtang. Ertasi kuni ishga qaytib bormaguningizcha ish haqida o‘ylamang va xavotirlanmang. Sizning ost ongingiz bu vaqt ichida ishlaydi. Ammo siz ish haqida ongli tarzda o‘ylasangiz, uni nobud qilasiz. Miyangiz esa ish boshlangunicha charchab qoladi.

Ernest Xeminguey

Siz ishni bajarishingiz kerak, chunki belgilangan muddat bor. Siz ishlayverasiz, ishlayverasiz, ishlayverasiz… Siz bitta fikr bilan uxlab, shu fikr bilan uyg‘onasiz. Boshingiz bilan ishga sho‘ng‘iysiz, bu esa teskari natijaga olib keladi. Siz barchasini yuragingizga yaqin olasiz. Siz ish bilan qo‘shilib payvasta bo‘lib ketasiz. Uni uyga olib kelib, uning shaxsiy hayotingizga kirib borishiga yo‘l qo‘yib berasiz. Qo‘l va oyoqlaringizni bog‘lab tashlaysiz.

“Yana bir soat ishlab olay, yana bir nechta topshiriqlarni bajarib qo‘yay”, — degan fikrni tez-tez boshingizdan o‘tkazib turasizmi? To‘xtang. Bunday qilmang. Bu ishlarning barchasini ertagaga qoldiring. Me’yoridan ko‘p ishlab yubormang. Ertaga uchun ham ish qoldiring axir.

Xemingueydan u ish haqida xavotir olmaslikka qanday erishgani haqida so‘rashganida, shunday javob bergan:

Bu haqda o‘ylamang, tamom-vassalom. Ish haqidagi o‘ylarga barham bering. Diqqatingizni boshqa narsaga qayta yo‘naltirishni o‘rganing.

Nima bilandir chalg‘ing. Meditatsiya, kitob o‘qish, yugurish — usulni o‘zingiz tanlang. Nimadir ustida bosh qotirishdan ma’no yo‘qmi? Demak bunga kuch ham sarflab o‘tirmang.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-08-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 57) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют