» » “Arslon izidan” filmi avgust oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi

“Arslon izidan” filmi avgust oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi


Rejissor Aziz Rametovning “Arslon izidan” filmi avgust oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Avgust oyining birinchi haftasi kinoreytingida “Arslon izidan” filmidan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Qaysarginam 2”, Jur’at Sotiboldiyev va Saidpo‘lat Hakimovning “Ahmadboy va Rahmatboy”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Jahongir Ahmedovning “Onam bilmasin” filmlari band etgan.

Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Hamroh”, “Bebahoginam”, “Voy dod 2”, “Otash ichra” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.

1-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama)
Rejissor – Aziz Rametov

2-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)
Rejissor – Azamat Axrorov

3-o‘rin. “Ahmadboy va Rahmatboy” (komediya)
Rejissor – Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimov

4-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov

5-o‘rin. “Onam bilmasin” (komediya)
Rejissor — Jahongir Ahmedov

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-08-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют