» » OAV: Yura davrida yashagan timsoh qoldiqlari Motorhead guruhining qo‘shiqchisi Lemmi Kilmister sharafiga nomlandi

OAV: Yura davrida yashagan timsoh qoldiqlari Motorhead guruhining qo‘shiqchisi Lemmi Kilmister sharafiga nomlandi


Britaniyalik olimlar Yura davrida yashagan ulkan timsohning qoldirlarini lemmizux deya — Motorhead rok guruhining bas-gitarachisi, Lemmi ismi bilan tanilgan Ien Freyzer Kilmister sharafiga nomlashdi, deb xabar berdi “TASS”.

Yirtqich reptiliyaning uzunligi uchta odamning bo‘yiga teng — 5,8 metr. Timsohning yirik tishlari suyaklarni sindirish va toshbaqlarning kosasini teshish imkonini bergan. Ulkan kaltakesak Britaniya oroli atrofidagi suvlarda bundan 145 million yil oldin yashagan.

Ushbu reptiliya olimlarga oldin ham ma’lum edi, biroq Edinburg universiteti tadqiqotchilari yirtqich shu vaqtga qadar noto‘g‘ri sinfga kiritilib kelingani sabab unga yangi nom topishiga to‘g‘ri keldi.

Motorhead guruhiga 1975-yilda asos solingan. 22 ta albom chiqargan guruhning Ace of Spades, Overkill va No Sleep Til Hammersmith kabi qo‘shiqlari mashhurlikka erishgan. Guruh tarkibida umumiy miqdorda 11 kishi ijod qilgan, Kilmister esa beqiyos yetakchi va orginal tarkibning yagona ishtirokchisi bo‘lgan. Lemmi 2015-yilning 28-dekabrida, 70 yoshida olamdan o‘tgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-08-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют