» » Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasi xodimlarining bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasi xodimlarining bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

“Mamlakatimiz qurilish sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, mustaqillik yillarida respublikamizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, qurilish industriyasi va milliy me’morchilikni rivojlantirish, tizimga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, zamonaviy bino va inshootlarni barpo etish, shahar va qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish, sohaga oid davlat dasturlari ijrosini ta’minlash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlansin”, — deyiladi farmonda.

Quyida mukofotlanganlar ro‘yxati keltirilgan:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi”

Xushanov Nuritdin Nurjanovich — Nukus shahridagi “Jayxun universal qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni

Babajanov Bekpo‘lat Xayitovich — Shovot tumanidagi “Shovot temir-beton” xususiy korxonasi bosh muhandisi, Xorazm viloyati

Magrupov Yuldash Dadajanovich — “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish davlat instituti” davlat unitar korxonasi bosh direktori

“Mehnat shuhrati” ordeni

Axmedov Baxtiyor Ag‘zamovich — Jizzax shahridagi “Agrokvant” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati

Raxmanov Alisher Raximovich — Olmazor tumanidagi “Ijod-ijod” xususiy korxonasi bosh direktori, Toshkent shahri

Samatov Baxodir Umarxanovich — Namangan shahridagi “Dizayn taraqqiyot” xususiy korxonasi rahbari, Namangan viloyati

Yuldashev Olimdjan Madjidovich — “O‘zog‘irsanoatloyiha” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori

“Do‘stlik” ordeni

Parmonov Muxtorali Oripovich — Marg‘ilon shahridagi “Fayz-Binokor Oltiariq” xususiy qurilish-montaj korxonasi bosh muhandisi, Farg‘ona viloyati

Saidov Nuriddin Navruzovich — Buxoro tumanidagi “Bunyodkor Izatillo Soxtimon” xususiy korxonasi rahbari, Buxoro viloyati

Turdiyev Abduqahor Abduqodirovich — Shayxontohur tumanidagi “Karat proyekt” mas’uliyati cheklangan jamiyati loyihalar bosh arxitektori, Toshkent shahri

Xojiboyev Rustambek Tojiboyevich — Bo‘z tumanidagi “Ixtisoslashgan Shahrixon qurilish” ixtisoslashtirilgan qurilish-ta’mirlash xususiy korxonasi rahbari, Andijon viloyati

Yaroshenko Aleksandr Nikolayevich — “O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasining “93-maxsus trest” aksiyadorlik jamiyati bosh payvandlovchisi

“Shuhrat” medali

Begmatov Samandar Maxamovich — Xatirchi tumanidagi “Xatirchi servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Navoiy viloyati

Bozarqulov Fozil Rajabovich — Termiz shahridagi “Termiz-ta’minot” sanoat qurilish-ta’minot xususiy korxonasi direktori, Surxondaryo viloyati

Vafoyev Sherzod Suleymanovich — Sirdaryo tumanidagi “Bekzodsher qurilish servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Sirdaryo viloyati

G‘apparov Voxidxon G‘aniyevich — Namangan tumanidagi “Rovuston qurilish servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Namangan viloyati

Razikov Kaxramon Tuxtayevich — Narpay tumanidagi “Narpay standart qurilish” xususiy korxonasi rahbari, Samarqand viloyati

Urazbayev Madiyar Sarsenbayevich — Nukus shahridagi “317-ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonna” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Xalilov Jabbor Ibrogimovich — Koson tumanidagi “Pudina Quvonchbek” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Qashqadaryo viloyati

Xudayberganov Axmadali — Chinoz tumanidagi “33-xo‘jaliklararo ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonna” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi, Toshkent viloyati

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-08-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют