» » Andijon tumanida jinoyat qilishga moyil va muqaddam sudlanganlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil qilindi

Andijon tumanida jinoyat qilishga moyil va muqaddam sudlanganlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil qilindi


Joriy yilning 9-avgust kuni Andijon tumani ichki ishlar bo‘limi tashabbusi bilan “Bo‘sh ish o‘rinlarni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Bu haqda Andijon viloyat IIB xabar berdi.

Yarmarka O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 2833-sonli Qarori talablari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Ushbu yarmarkada tuman hududidagi 14 ta korxona, tashkilot, muassasa va fermer xo‘jaliklari 616 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.

O‘tkazilgan yarmarkaga muqaddam sudlanganlar va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar, tuman hududidan uzoq muddatga ishlash maqsadida chiqib ketgan va o‘z yashash manziliga qaytib kelib, ishsiz yurgan fuqarolar, ishsiz xotin-qizlar jalb etildi.

Yarmarkada ishtirok etgan 77 nafar ishsiz fuqaroning 58 nafarini muqaddam sudlangan va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan fuqarolar tashkil etdi.

Ishtirok etganlarning 32 nafariga ishga yo‘llanma berildi. Yo‘llanma berilganlarning 25 nafari, shundan 12 nafar muqaddam sudlangan va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs ishga joylashtirildi.

Shuningdek, 25 nafar muqaddam sudlangan va jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarga Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-08-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют