» » O‘zbekistonlik harbiy kinologlar ArMI-2017 tanlovida uchinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik harbiy kinologlar ArMI-2017 tanlovida uchinchi o‘rinni egalladi


Rossiyada ArMI-2017 xalqaro harbiy o‘yinlar davom etmoqda. Musobaqa mezbonlari — Rossiya jamoasi birinchilikni hech kimga bermayapti, deb xabar beradi “TASS”.

Jumladan, o‘yinlar doirasidagi “Sodiq do‘st” Moskva viloyatining Dmitrov shahrida o‘tkazildi. Unda harbiy itboqarlar bellashdi.

Tanlovning individual bahslaridagi to‘rt mashqi yakunlariga ko‘ra Panda laqabli nemis ovcharkasi (Rossiya) birinchi o‘rinni egalladi. Rossiyalik mayor Vitaliy Pudovkin Grisha laqabli nemis ovcharkasi bilan (Rossiya) ikkinchi o‘rinni, yefreytor Mag‘jan Janabekov Smerch-Arno laqabli Belgiya ovcharkasi bilan (Qozog‘iston) uchinchi o‘rinni egalladi.

Jamoa hisobida birinchi o‘rinni Rossiya egalladi, Belarus va Qozog‘iston uchinchi o‘rinni bo‘lishib oldi, O‘zbekiston uchinchi bo‘ldi.

Bundan tashqari, muxlislar xayrixohligi mukofoti o‘zbekistonlik oddiy askar Javlon Nizomov hamda uning Grand Alyur Jus laqabli Belgiya ovcharkasiga nasib qildi.

Musobaqalar davom etmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-08-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют