» » O‘zbekiston FIFA reytingida bir o‘rin yuqoriladi

O‘zbekiston FIFA reytingida bir o‘rin yuqoriladi


FIFA tashkilotga a’zo milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 579 ochko bilan 64-o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda O‘FF.

Terma jamoa avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan bir o‘ringa ko‘tarildi. Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a’zo mamlakatlar orasida O‘zbekiston termasi hamon 6-o‘rinni egallab turibdi.

Eron terma jamoasi 893 ochko bilan Osiyoda peshqadamlik qilmoqda. Yaponiya terma jamoasi (696 ochko) mintaqada ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Kuchli uchlikka Avstraliya termasi (691) yakun yasadi.

Umumiy reytingda Braziliya terma jamoasi 1604 ochko bilan yana peshqadamga aylandi. Germaniya 1549 ochko bilan ikkinchi o‘rindan joy olgan. Kuchli uchlikni Argentina termasi (1399 ochko) to‘ldirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-08-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют