» » Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasi vakillariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasi vakillariga tabrik yo‘lladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasi vakillariga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni “O‘zbekiston 24” telekanalining saytida keltirildi.

“Avvalo, siz, azizlarni — usta binokorlar, me’mor va loyihachilarni, pudratchi tashkilotlar vakillari hamda faxriylarni, ushbu tizimga daxldor barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimizda ilk bor nishonlanayotgan qutlug‘ sana — Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman”, — degan tabrik so‘zlari bilan boshlanadi murojaat.

“G‘oyat mas’uliyatli va sharafli kasb bo‘lgan quruvchilik haqida gap ketganda, avvalo sizlarning fidokorona mehnatingiz bilan bunyod etilgan ulkan korxona va inshootlar, shinam uy-joylar, uzog‘imizni yaqin qiladigan ravon yo‘l va ko‘priklar, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari, obod shahar va qishloqlar ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi”.

“Bir so‘z bilan aytganda, bugungi go‘zal va farovon hayotimizni, mamlakatimizning kelgusi taraqqiyotini qurilish sohasidan, sizdek olijanob kasb egalari mehnatidan ayri holda tasavvur etolmaymiz”.

Ta’kidlanishicha, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mustahkam huquqiy-me’yoriy, moddiy-texnik bazaga, ulkan kadrlar salohiyatiga ega bo‘lgan mazkur ko‘p tarmoqli soha taraqqiyot lokomotivlaridan biriga aylandi.

Hozirgi kunda mamlakatda 24 mingga yaqin qurilish-pudrat va 950 tadan ziyod loyiha tashkilotlari, 8 mingta qurilish materiallari ishlab chiqaradigan korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda turli millatga mansub ming-minglab malakali ishchilar, muhandis-texnik xodimlar, mutaxassislar mehnat qilmoqda.

Keyingi o‘n yilning o‘zida qurilish sohasida investitsiya loyihalari doirasida 196,6 trillion so‘mlik kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirilgan, markazlashtirilgan moliyaviy manbalar hisobidan 20 mingdan ziyod obyekt, jumladan, 7440 ta umumta’lim maktabi, 1824 ta kasb-hunar kolleji va akademik litsey, 1951 ta bolalar sporti inshooti, 949 ta shifoxona va 3708 ta ichimlik suvi obyekti barpo etilgan, chet el kreditlari evaziga 40,3 milliard dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilgan.

So‘nggi o‘n yilda 1308 ta qishloq massivida namunaviy loyihalar asosida 69557 ta har tomonlama qulay uy-joylar barpo etilib, 83500 oilaning yashash sharoiti tubdan yaxshilandi. Barcha viloyatlar markazlarida 191 ta, Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida 102 ta, qishloq joylarda esa 15 mingta ana shunday uy-joylar jadal sur’atlar bilan barpo etilmoqda.

“Shu bilan birga, bugun oldimizda qurilish sohasida hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qator dolzarb masalalar turgani, ularga yechim topish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish muhim hayotiy vazifalarimizdan biri ekanligini yaxshi anglashimiz zarur”, — ta’kidladi davlat rahbari.

“Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, olijanob faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yutuq va omadlar, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman. Hech qachon charchamang, mashaqqatli va sharafli mehnatingizning rohatini ko‘ring, aziz do‘stlar!”, — deb so‘ziga yakun yasadi Shavkat Mirziyoyev.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-08-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют