» » Qatar 80 mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qildi

Qatar 80 mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qildi


Qatar 80 mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Qatar Airways Group kompaniyasi bosh direktori Akbar al-Bakir Doxada o‘tkazilgan matbuot anjumanida endilikda ro‘yxatda keltirilgan davlatlar fuqarolari har qanday qog‘ozbozliksiz va to‘lovlarsiz va vizasiz Qatarga tashrif buyurishi mumkinligini aytdi.

33 mamlakat fuqarolari (Turkiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shveysariya, Bagama orollari, Seyshel orollari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Buyuk Britaniyadan tashqari) Qatarga kelishi bilan 180 kunlik ko‘p martalik kirish ruxsatnomasiga ega bo‘ladi. Shulardan 90 kunini ular Qatarda o‘tkazishi mumkin.

47 mamlakat fuqarolari 30 kunga ko‘p martalik kirish-chiqish ruxsatnomasini oladi, bu ruxsatnomani yana 30 kunga uzaytirish mumkin bo‘ladi. Bu ro‘yxatga sobiq SSSRning bir qator davlatlari, shu jumladan, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya va Ukraina kiritildi. O‘zbekiston ro‘yxatda yo‘q.

Ro‘yxat vaqt o‘tishi bilan o‘zgartirib borilishi aytilmoqda.

Viza tartibining osonlashtirilishi — Qatarda turizmni rivojlantirish strategiyasining bir qismi. Rejaga muvofiq, 2030-yilga kelib mamlakatga har yili 7 million turist kelishi lozim.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-08-2017, 21:27)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют