» » OAV: O‘zbekiston harbiylari xalqaro armiya o‘yinlaridan sovrinlar bilan qaytmoqda

OAV: O‘zbekiston harbiylari xalqaro armiya o‘yinlaridan sovrinlar bilan qaytmoqda


Ma’lumki, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Xitoyning 22 ta poligonida 28 ta mamlakat harbiy xizmatchilari ishtirokida uchinchi xalqaro armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Ilgariroq ushbu musobaqalarda o‘zbekistonlik harbiylarning ishtiroki haqida ma’lumot berilgan edi. Mahalliy matbuotda o‘zbekistonlik harbiylar qo‘lga kiritayotgan yutuqlar yoritib borilmoqda.

1News saytida yozilishicha, ArMI-2017 doirasida o‘tkazilayotgan 29 ta tanlovning sakkiztasida, ya’ni Rossiya hududida kechgan “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari”, “Elbrus halqasi”, “Sodiq do‘st”, “Xavfsiz yo‘nalish”, “Yo‘l patruli”, Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Merganlik marrasi”, Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Qurolsoz usta”, “Musaffo osmon” tanlovida O‘zbekiston harbiy xizmatchilaridan iborat sakkizta jamoa ilk bor ishtirok etdi. 15 tasida esa, ya’ni “Tank biatloni”, “Harbiy-tibbiy estafeta”, “Dala oshxonasi”, “Osmon kaliti”, “Avtobronetank texnikasi ustasi”, “Harbiy ralli”, “Muhandislik formulasi”, “Rembat”, “Hamdo‘stlik jangchisi”, “Artilleriya ustasi”, “UUQ (uchuvchisiz uchish qurilmalari) ekipajlari musobaqasi”, “Suvorov shiddati”, “Xavfsiz muhit”, “Desantchilar vzvodi”, “Aviadarts” kabi musobaqalarda o‘zbekistonlik harbiylar kuzatuvchi sifatida qatnashdi.

Uz24 ga ko‘ra, Rossiyaning Tyumen viloyatidagi dala-o‘quv maydonida o‘tkazilgan “Xavfsiz marshrut” musobaqasida podpolkovnik R. Baybekov yetakchiligidagi harbiy xizmatchilar jamoasi O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi. Katta leytenant O. Quvondiqov, leytenant R. Ahmadov, serjantlar V. Jumaqulov, Sh. Davronov, kichik serjantlar — D. Bekmatov, T. Haydarov, shartnoma asosidagi oddiy askarlar U. Musayev, E. Hasanovning uyushqoqlikda harakat qilganlarini alohida ta’kidlash lozim. Musobaqada O‘zbekiston vakillari faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Harbiy muhandislar tanlovning muhandislik-razvedka qorovulining suvli to‘siqlarni razvedka qilishdagi harakatlanishi, piyodalarga qarshi minalarni aniqlash va zararsizlantirish, mexanizatsiyalashtirilgan ko‘prik majmuasini yig‘ish, yo‘l o‘tkazish uchun mo‘ljallangan mashina bilan zararlangan yo‘lni tiklash hamda muhandislik mashinasi bilan yo‘l o‘tkazish kabi shartlarda bellashib, sovrinli o‘ringa sazovor bo‘ldi.

10-avgust erta tongda Toshkent xalqaro aeroportida “Xavfsiz yo‘nalish” tanlovi sovrindorlarini kutib olish tantanalari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Mudofaa vazirligi rahbariyati, davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilarning oila a’zolari hamda o‘quvchi-yoshlar qatnashdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati bildirishicha, ishtirokchilar mamlakat sharafini xalqaro arenada munosib himoya qila olgan harbiylarni qizg‘in qutladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-08-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют