» » Ehtiyojmand va faol jurnalistlarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy beriladi

Ehtiyojmand va faol jurnalistlarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy beriladi


Prezident 10-avgustda imzolagan “O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror bilan ehtiyojmand va faol jurnalistlarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy yoki yer uchastkalari bilan ta’minlash belgilandi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga uyushma bilan birgalikda ushbu ishlarini belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yish vazifasi yuklatildi.

O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasini saqlash, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash xarajatlari, shuningdek, uyushmaning hamda uyushmaga qarashli bo‘lgan Respublika milliy matbuot markazining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishni moliyalashtirish manbasi etib O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilandi.

Uyushmaning Qoraqalpog‘iston va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari davlat budjetidan “Ilhom” jamoat fondiga ajratiladigan budjet mablag‘lari (subsidiya) hisobidan qoplanadi.

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining uyushmaga xayriya asosida bitta Damas rusumli avtomashinasini ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-08-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют