» » “Qirg‘izlar — musulmon emas” kitobi muallifi: Men faqat qirg‘izlarning urf-odatlari haqida yozganman

“Qirg‘izlar — musulmon emas” kitobi muallifi: Men faqat qirg‘izlarning urf-odatlari haqida yozganman


“Qirg‘izlar — musulmon emas” kitobi muallifi, “Uchur” gazetasi bosh muharriri Zulpukaar Sapanov fikricha, uni dinlararo nifoqni keltirib chiqarishda noqonuniy ayblashgan, asar bo‘yicha ekspertiza esa bir tomonlama va noxolis o‘tkazilgan. Bu haqda jurnalist KNews nashriga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kitobda qirg‘iz xalqi geneologik shajarasi va an’analari haqida gap borgan.

“Kitobda qirg‘izlar qanday kiyim kiygani, qanday dinga sig‘ingani va qanaqa an’analarga rioya qilgani haqida batafsil aytib berilgan… Shuningdek, kitobda men bugungi kunda ko‘plab diniy arboblar aza qo‘shig‘ini aytuvchilarga dafn marosimlarida kuylashni taqiqlayotgani, ammo bu udum qirg‘ilar madaniyatining bir qismi hisoblanishini yozganman. Biz o‘z an’analarimizni, madaniyatimizni hurmat qilishimiz va asrashimiz kerak. O‘z an’analari va tilini yo‘qotgan xalq o‘z davlatini ham yo‘qotadi”, — deya ta’kidladi Sapanov.

Uning aytishicha, kitobni tahlil qilishda asarni ekspertizadan o‘tkazgan mutaxassislar o‘z majburiyatlariga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, asarni bir tomonlama tahlil qilgan. Kitobda diniy dushmanlikni uyg‘otish haqida gap ham bo‘lmagan, “butun kitob mening an’analar haqidagi tahliliy qaydlarimdan iborat, hech qanday da’vat va provokatsiyalar haqida aytilmagan”, — dedi u.

Sapanovga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha hukm 10-avgust kuni e’lon qilinishi kerak edi, ammo majlisni keyinga qoldirishdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-08-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют