» » Dubay politsiyasi “Maryam” xavfli onlayn-o‘yini haqida ogohlantirmoqda

Dubay politsiyasi “Maryam” xavfli onlayn-o‘yini haqida ogohlantirmoqda


Dubay politsiyasi ota-onalarni BAAda o‘smirlar orasida shaxsiy ma’lumotlarni yig‘uvchi “Maryam” onlayn-o‘yini ommalashib ketgani haqida ogohlantirmoqda, deb yozadi UAE Inside.

O‘yin shu yilning iyulida boshlangan va allaqachon huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan salbiy baholangan. Syujet o‘rmonda yo‘qolib qolgan bola haqida bo‘lib, unga “uyga borish yo‘lini topishda yordam berish” kerak.

O‘yin “dahshat” usulida ishlab chiqilgan, ammo syujet liniyasidan o‘tishda o‘yinchilarga ma’lumot olish uchun mo‘ljallangan shaxsiy xususiyatga ega savollar beriladi. Manba aniqlik kiritishicha, u yerda hatto Qatar inqirozi haqida ham savollar beriladi.

O‘yinchilar o‘z Twitter-akkauntlarida shaxsiy ma’lumotlarni, shu jumladan yashash joyini kiritish kerakligi borasida shikoyatlarini bildirib ulgurdi. Politsiya xodimlari ta’kidlashicha, o‘yin foydalanuvchilar smartfonlaridagi shaxsiy fotosuratlar va maxfiy axborotni qo‘lga kiritishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-08-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют