» » “Сочная долина” Yulduz Usmonovaning yangi konsert dasturlarini taqdim etadi

“Сочная долина” Yulduz Usmonovaning yangi konsert dasturlarini taqdim etadi


Mustaqillik bayramining 26 yilligi arafasida O‘zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova “Сочная долина” savdo belgisi ko‘magida qadim Samarqand, muazzam Buxoro va navqiron Navoiy shaharlarida o‘zining yangi konsert dasturini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda! Ushbu xayrli ishga taniqli o‘zbek xonandasining Farg‘ona vodiysi shaharlari bo‘ylab uyushtirgan uch kunlik turnesi muvaffaqiyat bilan o‘tganidan keyin qo‘l urildi. Ma’lumki, Yulduz Usmonova 28—29-iyul kunlari Andijon, Farg‘ona va Namangan shaharlarida konsert bergan edi.

Xonanda Samarqand, Buxoro va Navoiy shaharlarida o‘zining ko‘pchilik muxlislar qalbidan joy olib ulgurgan “Ey, aziz inson” deb nomlangan yangi konsert dasturini taqdim etadi.

Yulduz Usmonovaning “Сочная долина” savdo belgisi tomonidan mazkur sharbatlar iste’molchilari va hamkorlari uchun O‘zbekiston janubida uyushtirilayotgan konsertlarning birinchisi 2017-yilning 3-sentabr kuni kech soat 19.00 da Buxorodagi markaziy “Buxoro” stadionida bo‘lib o‘tadi. Konsert dasturidan xonandaning el ardog‘idagi qo‘shiqlari qatorida yangi san’at durdonalari ham o‘rin olgan.

Xuddi shu kabi konsert dasturi premyerasi doirasida 4-sentabr kuni Navoiy shahridagi “Yoshlik” stadionida kech soat 19.00 da Yulduzxonim muxlislarini bir joyga yig‘adi.

Va nihoyat ko‘hna zamin sayqali deb nom chiqargan samarqandlik muxlislar Yulduz Usmonovaning qo‘shiqlaridan 5-sentyabr kuni Samarqand shahrdagi “Dinamo” stadionida bahramand bo‘ladilar. Hozirda qo‘shiq bayramiga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, bo‘lajak konsertlarga chiptalar sotilmaydi. Unda konsertlarga chiptalarni qanday olish mumkin dersiz? Gap shundaki, taniqli xonandaning konsertiga tushishni istagan muxlislar buning uchun “Сочная долина” sharbatlarini xarid qilishlari kerak bo‘ladi. Ushbu maqsadda “Сочная долина” savdo belgisi tomonidan yuqorida nomlari sanalgan har bir viloyatda to‘rt-beshtadan maxsus savdo nuqtalari tashkil etilgan. Mazkur savdo nuqtalardan 10 dona “Сочная долина” sharbati sotib olgan xaridorga Yulduz Usmonovaning konsertiga tekinga 1 dona chipta beriladi. Savdo do‘konlari esa konsertga chipta olish uchun ikki blok, ya’ni 24 dona “Сочная долина” sharbati sotib olishlari lozim bo‘ladi.

Kezi kelganda aytib o‘tish kerakki, Yulduz Usmonova yuqorida nomlari tilga olingan shaharlar ahliga taqdim etadigan konsert dasturi mutlaqo yangi dastur bo‘lib, barchaga tanish taronalar bilan bir qatorda, hali kuylanmagan qo‘shiqlaridan ham tashkil topgan. Tashkilotchilar tadbirni yanada qiziqarli tarzda o‘tkazish uchun barcha ishlarni qilishmoqda. Xususan, konsert o‘tkaziladigan har bir stadionda alohida katta sahna qurilib, bezatiladi. Bundan tashqari, 80 dan ortiq shou-tomosha ishtirokchilari bo‘lgan raqqos va raqqosalar, 10 dan ziyod musiqachilar ham xalq xizmatida bo‘ladilar. Shunisi ham e’tiborliki, Yulduz Usmonova o‘z muxlislari uchun jonli ovozda kuylaydi!

“Сочная долина” savdo belgisi o‘z iste’molchilari uchun yuqoridagi kabi sovg‘alarni taqdim etishda bardavom bo‘lish niyatida! Yangiliklarni kutib qolamiz!

Reklama huquqi asosida

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-08-2017, 09:57)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют