» » Moskva shahar sudi Usmonovning Navalniyga nisbatan da’vosi bo‘yicha qarorning qonuniyligini tekshiradi

Moskva shahar sudi Usmonovning Navalniyga nisbatan da’vosi bo‘yicha qarorning qonuniyligini tekshiradi


Moskva shahar sudi 11-avgust, juma kuni tadbirkor Alisher Usmonovning muxolifatchi Aleksey Navalniyga va Korrupsiyaga qarshi kurash fondiga nisbatan or-nomus va obro‘ himoyasi haqidagi da’vosi bo‘yicha qarorning qonuniyligini tekshiradi, deb yozadi “TASS” sud matbuot xizmatiga tayanib.

Shikoyat arizasida javobgarlar birinchi instansiya sudi qarorini bekor qilishni va biznesmenning da’vosini qondirishdan bosh tortishni so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, 31-may kuni Moskvaning Lyublino tumani sudi sudyasi Marina Vasina milliarder Alisher Usmonovning rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyga nisbatan da’vosini qo‘llab-quvvatlagan edi. Sud “U sizga Dimon emas” film-surishtiruvini YouTube’dan o‘chirish va Usmonovning sha’niga tahqirlovchi ma’lumotlar yuzasidan raddiya berish haqida qaror chiqargan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют