» » Diametri 15 metrlik asteroid oktabrda Yer yaqinidan uchib o‘tadi

Diametri 15 metrlik asteroid oktabrda Yer yaqinidan uchib o‘tadi


Hajmi 15—30 metr bo‘lgan 2012 TC4 asteroidi shu yilning 12-oktabr kuni Yerdan taxminan 44 ming km masofadan uchib o‘tishi kerak, deb yozadi “Interfaks” Yevropa kosmik agentligiga tayanib.

“Bunday kattalikdagi asteroid sayyoramiz atmesferasiga kelib tushgan taqdirda, xuddi Chelyabinsk meteoriti (2013-yilning 15-fevralida qulagan) kabi ta’sirni keltirib chiqargan bo‘lardi”, — deyiladi xabarda.

Astronomlar o‘z navbatida, asteroidning yaqinlashishi sharofati bilan uning tarkibi va parvozi trayektoriyasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Asteroid 2002-yilda kashf qilingan, ammo uning orbitasi o‘ziga xos bo‘lgani uchun, astronomlar yaqin vaqtlargacha uning harakatlanishini kuzata olmagan va Yerga qanchalik yaqin kelishini ayta olmagan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют