» » Prezident Devoni qanday masalalarni ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanadi?

Prezident Devoni qanday masalalarni ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanadi?


Shavkat Mirziyoyevning 28-iyuldagi qarori (pdf) bilan Prezident Devonining reglamenti tasdiqlandi, deb yozadi Norma.

Devonga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishni tarkibiy tuzilmalar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijro etuvchi apparati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining xizmatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ishlar boshqarmasi ta’minlaydi.

Devon ishi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari talablarini so‘zsiz ta’minlashga qaratilgan Devonning tarkibiy tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlar, ularning ish rejalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida hujjatlar bilan ishlash qoidalariga muvofiq tashkil etiladi.

Ish rejalar tarkibiy tuzilmalarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi. Ish rejalarga qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy topshiriqlari inobatga olingan holda tizimli va doimiy ravishda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Ish rejalarning to‘liq, o‘z vaqtida va natijador ijro etilishi uchun tarkibiy tuzilmalar rahbarlari shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Devonga ko‘rib chiqish uchun:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari — kelishish, qonunchilik tashabbusi tartibida kiritish uchun;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari — imzolash va e’lon qilish uchun;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari loyihalari — imzolash uchun;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) alohida qarorlari loyihalari –kelishish uchun;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Devon nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga tayinlash, tasdiqlash, taqdim etish, kelishish va lavozimidan ozod etish uchun nomzodlar bo‘yicha takliflar;

O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash, oliy harbiy va maxsus unvonlarni berish, ulardan mahrum etish, shuningdek Davlat mukofotlarini berish to‘g‘risida taqdimnomalar;

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi va siyosiy boshpana berish masalalari bo‘yicha murojaatlar;

O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etishga oid murojaatlar;

chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan alohida toifadagi mansabdor shaxslarning xizmat safarlariga chiqishi to‘g‘risida takliflar;

O‘zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslarining murojaatlari kiritiladi.

Reglament yuqorida sanab o‘tilgan masalalarni ko‘rib chiqishda Prezident devoni vakolatlarini amalga oshirishning batafsil mexanizmlarini o‘z ichiga oladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-08-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют