» » Namangan viloyati hokimi: Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmayman

Namangan viloyati hokimi: Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmayman


Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xalqaro press-klubning yangi — “Tet-a-tet” loyihasida qatnashib, internetdan qanday foydalanishi haqida so‘zlab berdi. Loyiha “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev Namangan viloyati hokiminnig planshetiga e’tibor qaratib, uning qanchalik internetdan foydalanishiga qiziqdi. “Chunki siz bugun aytayotgan ko‘p gaplarni biz internetda ko‘rmaymiz, vaholanki, ularni internetda yoritib borish maqsadga muvofiq bo‘lardi”, — dedi Qudratxo‘jayev.

Xayrullo Bozorov hokimlik faoliyati internetda yoritib borilayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalar ochilganini ma’lum qildi. “Nafaqat viloyat hokimligi, barcha tuman hokimliklari kuzatuv kameralari bilan ta’minlangan, ularni planshetda onlayn ravishda kuzatib turish mumkin”, — dedi Namangan viloyati hokimi.

Uning qayd etishicha, viloyat dasturchilari ijro nazoratini ta’minlashga xizmat qiladigan, qarorlar, buyruqlar, bayonnomalarda berilgan ko‘rsatmalarning bajarilishini onlayn tartibda kuzatib borish imkonini beradigan dasturiy ta’minot ishlab chiqqan bo‘lib, u ham planshetga o‘rnatilgan.

Sherzodxon Qudratxo‘jayev hokimga: “Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanasizmi?”, — deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol berdi. Hokim: “Yo‘q, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmayman”, — deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob qaytardi.

Xalqaro press-klub rahbari esa ijtimoiy tarmoqda sahifa ochish davr talabi ekani, O‘zbekiston Prezidentining deputatlar va senatorlar bilan uchrashuvdagi ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochish haqidagi tavsiyasi hokimlar uchun foydali ekanini ta’kidladi.

Qayd etish joiz, bir muddat avval Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Facebook’da o‘z rasmiy sahifasini ochgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют