» » Tramp Rossiyadan amerikalik diplomatlarni haydagani uchun Putinga minnatdorlik bildirdi

Tramp Rossiyadan amerikalik diplomatlarni haydagani uchun Putinga minnatdorlik bildirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan uning Rossiyadagi Amerika diplomatik missiyasi xodimlari sonini qisqartirish haqidagi qarori uchun minnatdor ekanligini, chunki bu maosh to‘lash uchun xarajatlarni kamaytirishga yordam berishini aytdi, deb yozadi “RBK”.

AQSh prezidenti so‘zlariga ko‘ra, diplomatlarning Rossiyaga qaytib borishi uchun hech qanday sabablar yo‘q. “Biz maosh uchun xarajatlarimizni qisqartira olganligimiz faktini yuqori baholayman. Biz ko‘p pulni tejab qolamiz”, — deya xulosa qildi Tramp.

The Washington Post ta’kidlashicha, bu Trampning Rossiyadagi Amerika diplomatik missiyasi xodimlari sonini qisqartirish haqida Moskva chiqargan qarorga nisbatan birinchi izohidir.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShga qarshi yangi choralar doirasida 755 nafar amerikalik diplomat Rossiyadan chiqarib yuborilishi haqida qaror qabul qilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют