» » OAV: KXDR fuqarosi dengiz orqali Janubiy Koreyaga suzib keldi

OAV: KXDR fuqarosi dengiz orqali Janubiy Koreyaga suzib keldi


KXDR fuqarosi 11-avgust  kechasi Janubiy Koreyaga dengiz orqali qochib o‘tdi. Bu haqda Yonhap agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, harbiylar Sariq dengizda KXDR bilan dengiz chegarasi hududida patrul o‘tkazayotgan vaqtda qochib o‘tayotgan shaxsni payqab qolgan va uni suvdan chiqarib olgan.

Ta’kidlanishicha, KXDRdan qochib kelgan yigit 20 yoshda. Uning KXDRdan qochishiga nima sabab bo‘lgani aniqlashtirilmoqda. Yigit qancha masofani suzib o‘tgani keltirilmagan.

Joriy yilning boshidan buyon KXDRdan Janubiy Koreyaga 11 kishi qochib o‘tgan. Ulardan besh kishi ham iyul oyida dengiz orqali qochib o‘tgan, yana ikki kishi, ota va o‘g‘il iyun oyida dengizni kesib o‘tgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-08-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют