» » Xitoy AQShni o‘z suverenitetini va xalqaro huquqlarni qo‘pol ravishda buzishda aybladi

Xitoy AQShni o‘z suverenitetini va xalqaro huquqlarni qo‘pol ravishda buzishda aybladi


Amerika esminetsi Janubiy Xitoy dengizidagi Spratli oroliga yaqinlashgani sabab Xitoy AQShni o‘z suvereniteti hamda xalqaro huquqlarni qo‘pol ravishda buzishda aybladi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Gen Shuanning bayonotida aytilishicha, Amerikaning Jon S. Makkeyn esminetsi Xitoy hukumatining ruxsatisiz Nansha (Spratli) oroliga yaqinlashgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQShning harakatidan norozi ekanligini bildirdi.

“Amerika tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi fitnalar Xitoyni o‘z hududining xavfsizligini ta’minlash choralarini kuchaytirishiga majbur qilmoqda”, — dedi vazirlik vakili.

O‘z navbatida Xitoy Mudofaa vazirligi AQShni Janubiy Xitoy dengizidagi fitnalarni darhol to‘xtatishga chaqirdi.

“Ayni vaqtda Xitoy hamda AQSh qurolli kuchlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘z rivojlanishini ishonchli tarzda namoyish qilmoqda. Biroq AQSh tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi fitnalar ikki tomonlama strategik ishonchga jiddiy zarar yetkazadi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-08-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют