» » Avstraliya bosh vaziri KXDR hujum uyushtiradigan bo‘lsa, AQShga yordam berishni va’da qildi

Avstraliya bosh vaziri KXDR hujum uyushtiradigan bo‘lsa, AQShga yordam berishni va’da qildi


Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull KXDR AQShga hujum uyushtiradigan bo‘lsa, Kanberra Vashingtonga Shimoliy Koreya zarbasini qaytarishda yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi. Bu haqda 3AW’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

“Shimoliy Koreya AQShga hujum uyushtiradigan bo‘lsa, xuddi ular ham Avstraliyaga hujum uyushtirilganida yordam ko‘rsatish uchun qanday yetib kelsa, biz ham shunday AQShga yordamga boramiz”, — dedi hukumat rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Avstraliya Vashingtonning eng ishonchi ittifoqdoshi hisoblanadi.

Avvalroq, Pentagon rahbari Jeyms Mettis AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan harbiy kuch ishlatishga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-08-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют