» » Abdulaziz Komilov BMTning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy markazi rahbarini qabul qildi

Abdulaziz Komilov BMTning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy markazi rahbarini qabul qildi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 11-avgust kuni BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Petko Draganov bilan uchrashdi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, janob Draganov “Markaziy Osiyo — O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi” nomli xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan edi.

“Suhbat chog‘ida forum mavzusi yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda mintaqa kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Ta’kidlanganidek, mazkur uchrashuv joriy yilning noyabr oyida Samarqand shahrida BMT shafeligida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik” nomli xalqaro konferensiyaning debochasi hisoblanadi.

Mazkur tadbirga nafaqat mintaqa mamlakatlari, balki dunyoning boshqa davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari taklif qilingan va ular o‘z ishtiroklarini tasdiqlashdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-08-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют