» » Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi

Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp KXDRga qarshi jangovar harakatlar olib borishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Amerika yetakchisi bu haqda 11-avgust kuni Twitter’dagi sahifasida xabar yozib qoldirdi.

“Nizoni harbiy yo‘l bilan hal qilish vositalari joyida turibdi va — agar Shimoliy Koreya o‘zini aqlsiz tutadigan bo‘lsa — jangga to‘la shay holatda. Umid qilamanki, KXDR yetakchisi Kim Chen In boshqa bir yo‘l topadi”, — deb yozdi Tramp.

10-avgust kuni AQSh prezidenti, agar Pxenyan Qo‘shma Shtatlar yoki uning ittifoqchilariga hujum qilmoqchi bo‘lsa, “juda, juda ham qattiq asabiylashishi lozim”ligini ta’kidlagan edi.

Bundan ikki kun avval esa Shimoliy Koreya AQShning Guam oroli (Tinch okeani)dagi aviabazasiga raketa zarbasi berishga tayyor ekanini e’lon qilgan edi. Agar KXDR rahbari Kim Chen In buyruq bersa, Shimoliy Koreya harbiylari o‘rta masofaga mo‘ljallangan “Xvason-12” ballistik raketalarini uchiradi.

2-avgust kuni AQSh davlat kotibi Reks Tillerson rasmiy Vashington Shimoliy Koreya bilan qarama-qarshi bo‘lishni va unga tahdid solishni istamasligini, biroq Pxenyanning harakatlariga javob qaytarishga majbur ekanini ta’kidlagan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-08-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют