» » Sobiq Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari EKIHning 10 barobari miqdorida oylik gonorar oladi

Sobiq Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari EKIHning 10 barobari miqdorida oylik gonorar oladi


2017-yilning 1-avgustidan boshlab sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari uchun eng kam oylik ish haqining o‘n barobari miqdorida, muxbir a’zolari uchun esa eng kam oylik ish haqining yetti barobari miqdorida oylik gonorar to‘lanadi, deb yozmoqda Uz24.

Xabarga ko‘ra, bu Prezidentning 10-avgustda imzolagan “Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.

Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolari uchun to‘lanadigan oylik gonorarlar jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan daromad solig‘isiz amalga oshiriladi.

Akademiyaning haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolari bir nafar kuzatuvchi shaxs bilan birga bir yilda bir marta o‘zlari uchun maqbul bo‘lgan muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “O‘zbekiston” kurort-sog‘lomlashtirish aksiyadorlik jamiyatining sanatoriylarida sog‘lomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-08-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют