» » Tramp Venesuelaga nisbatan harbiy operatsiyalar o‘tkazilishi mumkinligini istisno etmadi

Tramp Venesuelaga nisbatan harbiy operatsiyalar o‘tkazilishi mumkinligini istisno etmadi


AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Venesuelaga nisbatan harakatlarning “harbiy variant”ini qo‘llashi mumkinligi istisnodan xoli emasligini ma’lum qildi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

“Biz Venesuelaga nisbatan harakatlarning ko‘plab variantlarini ko‘rib chiqmoqdamiz. Bundan tashqari harbiy variantni ham istisno qilmagan bo‘lardim”, — deydi Tramp.

Shuningdek, prezidentning qo‘shimcha qilishicha, AQShning “butun dunyo bo‘ylab va hatto juda-juda uzoqlarda ham” qo‘shini bor.

“Venesuela u qadar uzoq emas va u yerda odamlar jabr chekmoqda. Halok bo‘lmoqda. Bizning Venesuelaga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan ko‘plab variantlarimiz, jumladan, harbiy variantimiz ham bor”, — dedi Oq uy rahbari.

Avvalroq, Amerika prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster AQShning Venesuelaga nisbatan harbiy aralashuvi ehtimoldan uzoq ekanligini ma’lum qilgandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-08-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют