» » Argentina Maduroni ordenidan mahrum qildi

Argentina Maduroni ordenidan mahrum qildi


Argentina hukumati Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni respublikaning oliy davlat unvoni Ozod qiluvchi San-Martin ordenidan mahrum qilish haqida qaror qabul qildi. Tegishli farmon 11-avgust, juma kuni Argentina Respublikasining rasmiy bulletinida e’lon qilindi, deb yozmoqda “TASS”.

Hujjatga ko‘ra, respublika rasmiylari Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Morosni orden sharafiga mos kelmaydigan xatti-harakatlari uchun Ozod qiluvchi San-Martin ordenidan foydalanish huquqidan mahrum qildi.

Xususan, Argentina hukumati Maduroni namoyishchilarga bosim o‘tkazish va muxolifatchilarni sudga jalb qilish uchun harbiy resurslardan va suddan asossiz foydalanishda aybladi.

Mazkur orden 1943-yilda Argentina milliy qahramoni general Xose de San-Martin sharafiga ta’sis etilgan. Farmonda qayd etilganidek, unvon “o‘z majburiyatlarini bajarishda respublikaning oliy minnatdorchilik darajasida sazovor bo‘lgan faqat xorijiy davlat arboblariga beriladi”.

Maduro Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshner qaroriga asosan 2013-yilda orden bilan taqdirlangan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-08-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют