» » AQShda politsiyachining talabi tufayli hijobini yechishga majbur bo‘lgan musulmon ayol sud orqali 85 ming dollar undirdi

AQShda politsiyachining talabi tufayli hijobini yechishga majbur bo‘lgan musulmon ayol sud orqali 85 ming dollar undirdi


Long-Bich shahri ma’muriyati (AQSh, Kaliforniya shtati) politsiyachi musulmon ayoldan hijobini yechishni talab qilgani sabab yuzaga kelgan sud da’vosini qondirish uchun 85 ming dollar to‘laydi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Sud da’vosiga ko‘ra, Kirsti Puell va uning turmush o‘rtog‘i avtomobilda ketayotganida politsiya tomonidan to‘xtatilgan.

Puell yo‘lovchi bo‘lgan, biroq politsiyachi ayol Puellning do‘konda o‘g‘rilik sodir etgani uchun yozilgan orderini topib olgach uni hibsga olgan.

Puellning eri, hibsni rasmiylashtirishni so‘ragan, ammo uning talabi qondirilmagan. Shundan so‘ng ofitser Puellga hijobni yechish kerakligini aytgan. “Puell odamlarga diniy ro‘molisiz ko‘rinishga majbur bo‘lgan”, — deyiladi sud da’vosida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-08-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют