» » AQSh aholisi tejamkorlik qilish uchun hayvonlarga mo‘ljallangan antibiotiklarni qabul qilmoqda

AQSh aholisi tejamkorlik qilish uchun hayvonlarga mo‘ljallangan antibiotiklarni qabul qilmoqda


AQSh aholisi dorilar va shifokor qabuliga borish xarajatlarini kamaytirish uchun hayvonlarga mo‘ljallangan preparatlar, shu jumladan antibiotiklarni sotib olmoqda. Bu haqda BuzzFeed’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

AQSh shifokorlari va sog‘liqni saqlash mutaxassislari bu tendensiyani xavfli deb atagan holda undan xavotirga tushmoqda. Ta’kidlanishicha, sog‘liqni saqlash sohasidagi Obamacare islohotlarining bekor qilinishi himoyalanmagan aholi qatlamining sog‘liqni saqlash tizimidan foydalanish imkoniyatlarini yanada pasaytirib yuboradi.

Misol sifatida 27 yoshli Kris ismli nogiron yigit keltirilgan. U akvarium baliqlari uchun mo‘ljallangan antibiotiklarni sotib olmoqda, chunki bu vositalar unga shifokor tomonidan yozib berilganlaridan ko‘ra 10 baravar arzon turadi. Ya’ni baliqlar uchun mo‘ljallangan dori 15 dollar tursa, shifokor tavsiya etgani 150 dollar, Krisning oylik daromadi esa 700 dollarni tashkil qiladi.

Hayvonlar uchun mo‘ljallangan antibiotiklar ortiqcha dozalilik ehtimoli va antibakterial preparatlarga qarshiligining tarqalishi sababli xavfli hisoblanadi.

Odamlar uchun mo‘ljallangan antibiotiklarni dorixonalarda shifokor retseptisiz sotib olishning deyarli imkoni yo‘q. Tibbiy sug‘urtasiz shifokor qabuliga shoshilinch vaziyatda borish esa bir necha ming dollarni tashkil qilishi mumkin.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-08-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют