WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi avtobus halokati munosabati bilan Si Szinpinga ta’ziya izhor etdi
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi avtobus halokati munosabati bilan Si Szinpinga ta’ziya izhor etdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Szinpinga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Shensi viloyatida yo‘lovchi avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani munosabati bilan Xitoy rahbari Si Szinpinga hamdardlik bildirdi”, — deyiladi rasmiy axborotda.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi zilzila munosabati bilan Si Szinpinga ta’ziya izhor etgani haqida xabar berilgan edi.
“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?