» » Eron Airbus’dan 45 ta sanitar vertolyot sotib oladi

Eron Airbus’dan 45 ta sanitar vertolyot sotib oladi


Eron hukumati Airbus aviasozlik kompaniyasi bilan 45 ta sanitar vertolyotni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

“Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi 45 ta HEMS vertolyotini sotib olishni rejalashtirmoqda, muzokaralar Eron Transport vazirligi tomonidan olib borilmoqda”, — deya ma’lum qildi Eron transport vaziri Asqar Faxri Koshon.

Vazirning qayd etishicha, Eron port xizmatlari va dengiz tashkilotlari ham uchta qidiruv-qutqaruv vertolyotlarini sotib olish bo‘yicha tender o‘tkazish niyatida.

2016-yil dekabri oxirida Eron hukumati Iran Air aviakompaniyasi uchun umumiy qiymati 18 milliard dollarga 100 ta Airbus yo‘lovchi samolyotlarini sotib olishi ma’lum bo‘lgan edi.

2016-yilning iyunida esa Eron AQShning Boeing kompaniyasi bilan 100 yo‘lovchi samolyotni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Kelishuv qiymati 25 milliard dollarni tashkil etgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-08-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют