» » Paxtakorning homiylari qatorida tugatilgan Kamolot korinib qoldi. Klub bu holat boyicha alohida tushuntirish berishga majbur boldi

Paxtakorning homiylari qatorida tugatilgan Kamolot korinib qoldi. Klub bu holat boyicha alohida tushuntirish berishga majbur boldi


Paxtakor futbol klubi 10-avgust kuni yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashi munosabati bilan matbuot anjumani otkazdi. Matbuot anjumanidagi klub homiylari va hamkorlari aks etgan banner ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va sportga ixtisoslashgan saytlar etiborini tortdi.

Bannerlarda faoliyati 30-iyun kuni tugatilgan Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatining ham logotipi borligi foydalanuvchilardan savol tugdirdi (tugatilgan harakat ornida, Ozbekiston Prezidenti taklifiga kora, Yoshlar ittifoqi nomli yangi tashkilot tuzilgan).

Superklubga aylanish yolida katta miqdorda pul sarflab, yangi futbolchilar sotib olayotgan Paxtakorda bannerni almashtirish uchun pul yoqmi yo klub Prezident qaroridan bexabarmi?, deb Paxtakorga savol bilan murojaat qilgan saytlarning biri.

Paxtakor matbuot xizmati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining izohlarini qiziqish bilan organishi va ularning talablarini hisobga olishini malum qilib, jamoatchilikda paydo bolgan savollar boyicha tushuntirish berdi.

Paxtakor futbol klubi Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati bilan uzoq va foydali hamkorlik qilib keladi. Harakat ramzidan klubning barcha rasmiy tadbirlarida foydalanadi.

Yoshlar ittifoqi rahbariyatiga ramzni almashtirish yuzasidan murojaat etilganda, Kamolot harakatini Ozbekiston Yoshlar ittifoqiga aylantirish yuzasidan qaror qabul qilingach, tashkilotning yangi ramzini ishlab chiqish uchun tanlov elon qilingani haqida javob olindi.

Bugungi kunda Yoshlar ittifoqi rahbariyati tomonidan takliflar korib chiqilmoqda. Bu jarayonda eng maqul ramz tanlab olinadi. Song u Ozbekiston Adliya Vazirligi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Kamolot bizning hamkorimiz hisoblanadi va, kelishuvga kora, biz uning ramzidan yangi ramz rasman tasdiqlanmaguncha turli reklama va rasmiy bannerlarimizda foydalanishimiz lozim.

Yangi ramz taqdim etilguniga qadar Paxtakor futbol klubi eski ramzdan foydalanib turadi. Rasmiy tasdiqdan song, bannerlarga Ozbekiston Yoshlar ittifoqi ramzi joylashtiriladi.

Paxtakor FK bayonotidan

Daryoning YouTubedagi rasmiy sahifasiga obuna boling

: admin (12-08-2017, 23:42)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 12) ( 0) ( 10) ( 2)
:
-
:
20 ... -