» » Hindistonlik ovchi 15 kishini bosib o‘ldirgan filni otib tashladi

Hindistonlik ovchi 15 kishini bosib o‘ldirgan filni otib tashladi


Hindistonlik ovchi rasmiylarning so‘roviga binoan ikki shtatda 15 kishini o‘ldirgan filni otib tashladi. Bu haqda Channel NewsAsia xabar bermoqda.

Fil 20–­25 yoshda edi. U mart oyidan buyon Jarkxand shtatida 11 kishini o‘ldirib, bir qancha uylarni vayron qilgan, unga qadar esa qo‘shni Bixar shtatida bezorilik qilib, to‘rt kishini o‘ldirgan.

Xavfli jonivorni zararsizlantirish ovchi Shafatu Ali Xonga topshirildi. U filni trankvilizator yordamida uxlatib qo‘ymoqchi bo‘ldi, ammo dori ta’sir qilmadi, shunda mergan uni o‘ldirishga majbur bo‘ldi.

O‘limidan so‘ng filning qoziq tishlari olib tashlandi, u o‘rmonda mahalliy odatlarga binoan dafn etildi.

Ovchi hukumatning bu kabi buyurtmalarini tez-tez bajarib turadi. U yettinchi filni o‘ldirishi. O‘tgan yili u, shuningdek, odamlar hayotiga xavf solgan besh yo‘lbars va sakkiz qoplonni o‘ldirdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют