» » Uchuvchisiz yo‘lovchi samolyotlari 2025-yilda paudo bo‘lishi kutilmoqda

Uchuvchisiz yo‘lovchi samolyotlari 2025-yilda paudo bo‘lishi kutilmoqda


Uchuvchisiz uchadigan yo‘lovchi samolyotlar yaqin vaqt ichida reallikka aylanishi mumkin. Bu haqda UBS banki tomonidan o‘tkazilgan tahlilga e’tibor qaratgan “Kommersant” gazetasiga tayanib, “RIA Novovsti” xabar berdi.

Masofadan boshqariladigan birinchi samolyotlar 2025-yilda paydo bo‘lishi mumkin. Bunday laynerlar aviakompaniyalarga 35 milliard dollargacha tejash imkonini beradi. Birinchi o‘rinda uchuvchilar ish haqi xarajatlari kamayadi.

Masofadan boshqariladigan samolyotlar yo‘lovchilar tomonidan ham yaxshi kutib olinishi mumkin: bu chiptalar narxini 10 foiz arzonlashtirishga imkon beradi.

Uchuvchisiz texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar orasida Boeing ham bor. Korporatsiya ishlab chiqarayotgan tizimda uchuvchining o‘rnini sun’iy intellekt egallaydi.

Biroq so‘rovda ishtirok etgan yo‘ovchilarning 54 foizi, chiptalar narxi arzon bo‘lsa ham, uchuvchisiz havo kemasida uchmasligini aytgan.

Aviatsiya sohasida yangi texnologiya istiqboliga ishonmaydiganlar ham bor. “Uchuvchi kabinasining avtomatlashuvi yangi narsa emas — u allaqachon qo‘llanilmoqda. Biroq avtomatika kerakli ishni qilmagan paytda uchuvchilar uning ishiga aralashadi”, — deb o‘tgan Britaniya fuqarolik aviatsiyasi uchuvchilari assotsiatsiyasining parvozlar xavfsizligi bo‘yicha eksperti Stiv Landells.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-08-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 45) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют