» » Buyuk Britaniya 2019-yil martida Yevropa Ittifoqidan va uning umumiy bozoridan ketadi

Buyuk Britaniya 2019-yil martida Yevropa Ittifoqidan va uning umumiy bozoridan ketadi


Buyuk Britaniya 2019-yil martida Yevropa Ittifoqidan hamda uning bojxona ittifoqi va umumiy bozoridan ketadi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Filipp Xammond bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

Uning tashqi savdo vaziri Liam Foks bilan hammualliflikdagi maqolasi The Sunday Telegraph gazetasida chop etildi.

“Biz Britaniya xalqi irodasini hurmat qilamiz, va 2019-yil martida Birlashgan Qirollik Yevropa Ittifoqini tark etadi. Biz bojxona ittifoqidan chiqamiz va mustaqil, ochiq savdo hokimiyati sifatida butun dunyo bilan manfaatli savdo munosabatlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz”, — deyiladi maqolada.

“Biz umumiy bozorni tark etamiz, negaki (2016-yil) 23-iyundagi ovoz berish shuni ko‘rsatdi, va biz buni hayotga tatbiq etamiz”, — xulosa qildi vazirlar.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-08-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют